osmon - Vikilug‘at Kontent qismiga oʻtish

osmon

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

os-mon

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

\f. ^1— koʻk, samo, falak] 1 Yer ustida gumbaz shaklida koʻrinib turgan moviy fazo; samo, falak, koʻk. ◆ Osmon gum-bazi. Osmonni bulut qopladi. Osmon uzoq, yer qattiq. Maqol . ◆ Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda koʻr. Maqol . a ◆ Tiniq osmonda yul-duzlar charaqlabturibdi. I. Rahim, „Chin mu-habbat“ . ◆ [Boy Jamishga:] Mening oltinlarim shunday.. ulugʻ bir hokimki, yerga kirsang — qulogʻingdan, osmonga chiqsang — oyogʻingdan tortib, mening qoʻynimga olmaday qilib solib qoʻyadi! Hamza, „Boy ila xizmatchi“ .

2 Yer atrofini oʻrab olgan olam fazosi (astronomik jismlar makoni). ◆ Yulduzlar os-moni. Osmon mexanikasi.

3 Baland, tepa, yuqori. ◆ Osmonga otgan to-shing Haytib tushib, yorar boshing. Maqol .

4 koʻchma Yuqori, baland, qimmat. ◆ Nima uchun shunday pishiqchilik paytida mevalar-ning narxi osmonda? Gazetadan .

5 koʻchma s.t. Juda baland, yetib boʻlmay-digan darajada yuqori. ◆ Varrak osmonga chi-qib ketdi. -[Yoqut] Hali ham osmonda, — dedi Hamro Karomatga. H. Rahim, „Chin hayot“ .

Boshi osmonda Xursand, shod. ◆ Shu boisdan qoʻlim koʻksimda, boshim osmonda! Gazetadan . Dudi osmonga chiqmoq ayn. figʻoni osmonga chiqmoq q. figon. ◆ Manashu yerda mingboshining dudi osmonga chiqdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . Yer bilan osmoncha farqi bor Juda katta farqi bor. Oyogʻini osmondan keltirmoq q. oyoq. Osmonga ustun boʻlarmiding ayn. dunyoga ustun boʻlarmiding q. dunyo. ◆ Nima boʻladi, osmonga ustun boʻladimi? — dedi Ashur Mirzo ochiq bir kinoya bilan. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . Osmonda yurmoq Oʻzini katta fahmlab, kek-kayib yurmoq, hech kimni mensimaslik. Osmondan kelmoq Juda balandsan kelmoq, oʻzi-ni baland olib, magʻrurlanib gapirmoq. ◆ Xoliqov goho baralla qahqahlaydi, baʼzan "Men unday qildim, men bunday qildim, qotirdim, doʻndirdim", deb osmondan keladi. A. Muhiddin, „Chap choʻntak“ . Osmondan olib gapirmoq Taxminan gapirmoq; omilsiz, asossiz gapirmoq. Osmondan osilib (yoki oyogʻini uzatib) tushgan kesat. Hammadan yuqori, ulugʻ. ◆ Ha, muncha! Xotiningiz osmondan tushibdimi ? Biz ham odam bolasi, turib-miz. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Samo fazo ko'k falak gardun charx

Antonimlari

[tahrirlash]

ОСМОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Sifat

[tahrirlash]

osmon

osmon
небо, // небесный; ◆ koʻm-koʻk osmon синее небо; ◆ osmon baravar очень высоко; ◆ ularning orasida osmon bilan yercha farq bor они отличаются друг от друга, как небо от земли; ◆ oyogʻi osmondan keldi 1) он полетел вверх тормашками; 2) перен. его свергнули, свалили; ◆ osmon jismlari астр. небесные тела; ◆ osmon olis, yer qattiq погов. небо далеко, а земля тверда; соотв. до бога высоко; до царя далеко; ◆ tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda koʻr посл. см. ◆ koʻrmoq 1; osmondan olib gapirmoq говорить наудачу, приблизительно, брать с потолка; ◆ osmondan kelmoq говорить чванясь, важничая.