Xordalilar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Xordalilar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xordali hayvonlar

Xordalilar (Chordata) — ikkilamchi ogʻizli hayvonlar tipi. Oʻq skeleti — xorda ichak ustida joylashgan. Koʻpchilik Xordalilar hayoti davomida xorda ustida joylashgan nerv nayi saqlanib qoladi. Keyinchalik nerv nayidan bosh miya va orqa miya hosil boʻladi. Suvda yashovchi xordalilar xalqumi devoridagi juft jabra yoriqlari hayot davomida saqlanadi. Quruqlikda yashovchi oʻpka bilan nafas oladigan xordalilarda jabra yoriqlari ontogenezining boshlangʻich davrlarida boʻladi. Yuragi 2—4 boʻlmali. Faqat tuban xordalilar (lansetniklar)da qorin tomiri kisqarish xususiyatiga ega. Gavdasining oldingi 3 ta boʻgʻimlari boʻylab oʻtadigan segmentlar tuban xordalilar va umurtqalilarning embrional rivojlanishi davrida yaxshi koʻzga tashlanadi. Tuban xordalilar suzgich dumga (tananing anal teshigvdan keyingi qismi) ega.

Xordalilar tipi bosh xordalilar, qrbiqdilar va umurtqalilar kenja tipiga ajratiladi. 40000 ga yaqin turi (jumladan, 38000 umurtqali hayvonlar) maʼlum. Xordalilar hayvonot dunyosi sistemasida oʻziga xos oʻringa ega. Ammo xordalilar jabra apparati ichak bilan nafas oluvchilar va ayrim qazilma ignaterililarga oʻxshash boʻladi; orqa nerv stvoli chalaxordalilar uchun ham xos.