Pushtu tili - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Pushtu tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pashtu tili
Milliy nomi پښتو
Mamlakatlar Afgʻoniston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 39 000 000
Turkumlanishi
Til oilasi
hind-yevropa
hind-eroniy
eroniy
sharqiy eroniy
pashtucha
Alifbosi Arab alifbosi va Arab tili yozuvi
Til kodlari
ISO 639-1 ps[1]
ISO 639-2 pus[1]
ISO 639-3 pus[1]

Pashtu tili, afgʻon tili, pashtu — eroniy tillarning sharqiy guruhiga mansub tillardan biri; Afgʻonistondagi ikki rasmiy tildan (dariy tili bilan birga) biri. Afgʻonistonning Qandahor, Jalolobod, Gʻazna, Xost, Farax viloyatlari va Kobul shahrida, Pokistonning Vaziriston, Balujiston va boshqa hududlarida, Peshovar shahrida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 25 mln. kishidan ortiq boʻlib, ularning uchdan ikki qismi Pokistonda yashaydi. Koʻp sonli hududiy va qabilaviy lahjalar asosan 2 guruhni tashkil etadi: sharqiy yoki peshovar-jalolobod lahjasi va gʻarbiy yoki qandahor lahjasi; shuningdek, janubiy lahja ham (Afgʻonistonning Paktiya viloyati) farqlanadi. Pashtu tilida undoshlar 30 ta; boshqa eroniy tillardan farqlanuvchi undosh tovushlarga ega; urgʻu dinamik xususiyatli, urgʻularning oʻzgaruvchanligiga qarab soʻzlarning maʼnolari farqlanadi; grammatik qurilishi uchun otlarning flektivligi kuchlidir.

Adabiy pashtu tili 2 lahjali asosga ega boʻlib, Afgʻonistonda oʻziga nisbatan qadimiyroq va boyroq yozma anʼanalarga ega boʻlgan dariy tili bilan yonma-yon qoʻllanish sharoitida rivojlanmoqda. Adabiy pashtu tili avval nisbatan kam meʼyorlangan va rasmiy hujjatlar doirasida, ijtimoiy-siyosiy amaliyotda kam qoʻllangan, lekin uning qoʻllanish doirasi tobora kengayib bormoqda: tilni meʼyorlashtirish choralari koʻrilmoqda, izohli va ikki tilli lugʻatlar, soʻz va grammatik shakllarni meʼyoriy qoʻllashga doir maxsus ishlar chop etilmoqda, terminologiya shakllantirilmoqda va boshqalar. Pashtu tili arab-fors yozuvidan unga pashtu tiliga xos boʻlgan tovushlarni ifodalovchi harflarni qoʻshish yoʻli bilan foydalanadi. Dastlabki yozma manbalari XVI asrga taalluqli.




  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)