Portal:Tibbiyot
Tibbiyot

Tibbiyot, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Tibbiyot tibbiy biologik, klinik, tibbiy ijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiy biologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologik fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini oʻrganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqa kiradi. (Davomi...)
Tanlangan maqola -

Viruslarning ijtimoiy tarixi viruslar va virusli infeksiyalarning insoniyat tarixiga taʼsirini tavsiflaydi. Viruslar keltirib chiqaradigan epidemiyalar neolit davrida, taxminan 12 000 yil oldin odamlar zichroq holatda kun kechiradigan qishloq xoʻjaligi jamoalari shakllana boshlagan davrda paydo boʻla boshlagan. Bunday hayot tarzi viruslarning tez tarqalishiga va keyinchalik endemik koʻrinish olishiga sabab bo'ldi. Oʻsimliklar va chorva hayvonlarining viruslari ham koʻpaydi. Odamlarning tirik qolish bilan bogʻliq mehnat faoliyati tufayli qishloq xoʻjaligi va dehqonchilikka qaram boʻlib qolishlari kartoshka potiviruslari va qoramol o'lati kabi kasalliklarning halokatli oqibatlarga olib kelishiga sabab boʻldi.
Chechak va qizamiq viruslari odamlarga yuqadigan eng qadimgi virus turlaridan hisoblanadi. Ular ming yillar oldin Yevropa va Shimoliy Afrikada boshqa jonivorlardan odamlarga yuqqan.Viruslar keyinchalik Ispaniya istilolari davrida yevropaliklar tomonidan Yangi Dunyoga olib kelingan, ammo mahalliy aholi tomonidan tabiiy qarshilik koʻrsatilmaganligi sababli millionlab odamlar epidemiyalar paytida nobud boʻlgan. Gripp pandemiyasi ilk bor 1580-yilda qayd etildi va keyingi asrlarda uning koʻrsatkichlari tobora yuqorilab bordi. 1918-1919-yillardagi pandemiya davrida bir yildan kamroq vaqt ichida 40-50 million kishi halok boʻldi, bu tarixdagi eng halokatli pandemiyalardan biri edi. (Full article...)Tanlangan maqolalar roʻyxati
|
---|
Tanlangan biografiya -
Tanlangan biografiyalar ro'yxati
|
---|
Umumiy tasvirlar –
Yaxshi maqola -

Appenditsit — appendiks, yaʼni koʻrichak chuvalchangsimon oʻsimtasining nospetsifik yalligʻlanish kasalligi. Kasallik belgilari odatda qorinning pastki oʻng tomonida ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, ogʻiz qurishi va ishtahaning pasayishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Biroq, taxminan 40 % holatlarda bunday tipik belgilar paydo boʻlmasligi ham mumkin. Apendiks yorilishi ogʻir asoratlar: qorin parda ichki qavatining keng, tarqalgan, ogʻriqli yalligʻlanishi va sepsisga olib kelishi mumkin.
Appenditsit appendiks ichki boʻshligʻining tiqilib qolishi natijasida yuzaga keladi. Virusli infeksiya, parazitlar, oʻt toshlari va oʻsmalar tufayli yoki yalligʻlangan limfoid toʻqimalar tufayli kelib chiqishi mumkin. Ushbu tiqilib qolish appendiksdagi bosimning oshishiga, toʻqimalarida qon oqimining pasayishiga va yalligʻlanishni keltirib chiqaradigan appendiks ichidagi bakteriyalarning koʻpayishiga olib keladi. Agar bu jarayon davolanmasa, appendiks yorilib, qorin boʻshligʻiga bakteriyalar chiqib ketishi mumkin va bu jarayon asoratlarning kuchayishiga olib keladi. (Full article...)Yaxshi maqolalar roʼyxati
|
---|
Bilasizmi?
- Oʻzbekistondagi birinchi rasmiy dorixona 1874-yilda ochilgan.
- Tizimli qizil yugurik autoimmun kasallik boʻlib, ayollarda erkaklarga nisbatan 10 barobar koʻproq uchraydi.
- lagoftalm koʻz qovoqlarini yopa olmaslik holatidir.
- qora shokolad barcha mahsulotlar orasida eng koʻp antioksidantlar saqlaydi. Uning tarkibida fosfor, magniy, kaliy, temir ham mavjud. Bundan tashqari qora shokolad qon bosimini tushirish xususiyatiga ega.
- 2005-yil martda Xitoy Xalq Respublikasi Beijing markaziy harbiy shifoxonasida internetga qaramlikni davolovchi klinika ochildi.
- 1906-yilda Frederick Gowland Hopkins vitaminlarni kashf qildi va 1929-yilda ushbu kashfiyoti uchun Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati boʻldi.
Loyihalar
Qardosh loyihalar
-
Vikiombor
Erkin media fayllar ombori -
Vikikitob
Bepul kitoblar va qoʻllanmalar -
Vikimaʼlumotlar
Bepul kitoblar va qoʻllanmalar -
Vikiyangiliklar
Ochiq matnli yangiliklar -
Vikiiqtibos
Iqtiboslar toʻplami -
Vikimanba
Ochiq kutubxona -
Vikiversitet
Ochiq oʻqitish asboblari -
Vikilugʻat
Lugʻat va tezaurus