Otabek Akbarov - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Otabek Akbarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Otabek Hamidullayevich Akbarov
 Oʻzbеkistоnning Italiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2018-yildan – 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jahongir Gʻaniyev
Vorisi Abat Fayzullayev
 Oʻzbеkistоnning Birlashgan Qirollikdagi elchisi
 
Mansab davri
2007-yildan – 2015-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Toʻxtapoʻlat Risqiyev
Vorisi Alisher Kurmanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-dekabr 1967-yil (1967-12-19) (56 yosh)
Toshkent

Otabek Hamidullayevich Akbarov — oʻzbek diplomati, filolog. Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. 2007—2015-yillarda Birlashgan Qirollik, Irlandiya va Norvegiya davlatlaridagi elchisi[1].

1983-yilda Viktor Uspenskiy nomidagi Respublika oʻrta maxsus musiqa maktabini tugatgan.

1993-yilda Toshkent davlat universiteti sharqshunoslik fakulteti sharq filologiyasi bakalavr va magistraturasini tugatgan.

1994-yilda „Klingendal“ nomidagi Niderlandiya xalqaro munosabatlar instituti — Markaziy Osiyo va Moʻgʻulistonlik yosh diplomatlar uchun oʻquv kurslarini tugatgan.

2005-yilda Jeneva siyosiy xavfsizlik markazi — Yangi siyosiy masalalar boyicha oʻquv kurslarini tugatgan.

2014-yilda Kembrij universiteti Markaziy Osiyo forumida katta diplomatik lektor.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Kosullik boshqarmasi kata inspektori.

1994—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi uchinchi kotibi.

1995—1998 — Oʻzbekiston Respublikasining Bryusseldagi (Belgiya Qirolligi) elchixonasi ikkinchi kotibi.

1998—2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi birinchi kotibi, Boshqarma boshligʻi vazifasini bajaruvchi.

2000—2004 — Oʻzbekiston Respublikasining Parijdagi (Fransiya) elchixonasi birinchi kotibi.

2004—2007 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi Boʻlim boshligʻi, Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi.

2007—2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2010—2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Norvegiya Qirolligidagi (qarorgohi Londonda) Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2013—2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Irlandiyadagi (qarorgohi Londonda) Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2015—2016 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik va xavfsizlik masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

2016—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Oʻrta va Yaqin Sharq davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi

2018-yil 19-oktabrdan 2023-yil 26-oktyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2021-yil 22-fevraldan 2023-yil 26-oktyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasining BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (Rim) huzuridagi doimiy vakili.

2021-yil 24-fevraldan 2023-yil 26-oktyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro fondi (Rim) huzuridagi doimiy vakili.

2021-yil 24-martdan 2023-yil 26-oktyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasining BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi (Rim) huzuridagi doimiy vakili[2].