Notijorat tashkilot - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Notijorat tashkilot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Notijorot tashkilot (NT) – asosiy maqsadi foyda olmaslik va u foydani ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlamaslik boʻlgan tashkilot. Bu tashkilot ijtimoiy, xayriya, madaniy-maʼrifiy, ilmiy va boshqa maqsadlarda fuqarolar sogʻligʻini saqlash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolarning nomoddiy talablarini qondirish, huquqini himoya qilish, fuqaro va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarlarini himoyalash, mojaro va bahslarni hal qilish, yuridik yordam koʻrsatish va boshqa jamiyat foydasiga xizmat qiluvchi maqsadlarga erishish uchun tashkil etiladi.