MySQL - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

MySQL

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MySQL (talaffuzi: „May es kyu el“) — Relyatzional maʼlumotlar bazasini boshqarish sistemasi. Turli operatsion sistemalarda qoʻllanishga moslashtirilgan Open-Source-mahsulot boʻlib, koʻpchilik dinamik web-sahifalar uchun asos hisoblanadi. MySQL Shvetsiyadagi MySQL AB firmasi tomonida yaratilgan boʻlib, 2008-yilning fevralida Sun Microsystems tomonida sotib olingan. Endlikda dastur kodini yaratisgda ushbu firma javobgar. MySQL Server ochiq, yani tekin dasturiy taʼminot boʻlib, General Public License himoyasidadir. MySQL AB/Sun firmasi dastur kodiga mualliflik huquqiga egaligi sababli, ushbu dasturiy taʼminotning kommerzial turi ham bor.MySQL nomining kelib chiqishi aniq emas. 1996-yildan beri koʻplab biblioteka va tool (vosita)lar nomi oldida My prefiksi qoʻyila boshlangan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra esa firmani tashkil qilganlardan biri hisoblanuvchi Monty Wideniusning qizi ismidan va SQL, yaʼni Structured Query Language (Strukturaviy soʻrovlar tili) birikmasidan tashkil topgan. Unix, MacOS X va Linixdan tashqari, MySQL Windows, OS/2 va i5/OS (avvalgi OS/400) uchun ham moslashtirilgan.Windows uchun esa baʼzida ayrim cheklanishlar uchraydi. MySQl koʻpincha web-servis uchun maʼlumotlarni saqlashda qoʻllanadi, webserver Apache va PHP bilan birgalikda ishlatiladi. MySQL hozirda 6.000.000 dan ortiq foydalanuvchilar va kuniga 35.000 dan ortiq download qilinadigan dunyonig eng mashhur maʼlumotlarni boshqarish sistemasidir.