Italyancha Vikipediya - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Italyancha Vikipediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Italyancha Vikipediya
Wikipedia in italiano
Web-manzil it.wikipedia.org
Interwiki it
Asosiy boʻlim jami 285 tilda
Asos solingan sana may, 2001
Maqolalar soni 1 892 501
Egasi Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Italyancha Vikipediya (italyancha: Wikipedia in italiano) - Vikipediyaning italyan tilidagi boʻlimi. 2001-yil 11-mayda tashkil etilgan.[1] Hozirda 1 892 501 dan ortiq maqolaga ega. Maqolalari soni boʻyicha 5-oʻrinda turadi (inglizcha, olmoncha, fransuzcha va niderlandcha Vikipediyalardan keyin).[2]

2011-yil 4—6-oktyabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti koʻrib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga eʼtiroz sifatida yopildi.

2011-yil 4—6-oktyabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti koʻrib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga eʼtiroz sifatida yopildi. Bu vaqt davomida maqolalar yashirilib, faqat italyancha Vikipediya foydalanuvchilari yozgan manifest koʻrsatildi.[3][4] Bunday eʼtiroz amallari keyinchalik inglizcha va ruscha Vikipediyalarda ham amalga oshirildi.

2013-yil 22-yanvarida italyancha Vikipediyada millioninchi maqola yozildi.[5]

Hozirgi holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 24-noyabr boʻyicha italyancha Vikipediyada 1 892 501 maqola mavjud. 2 575 192 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 7 416 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 120 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 142 003 828. Teranligi (bugun): 190.