Guarani tili - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Guarani tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guarani tili
Milliy nomi Avañe'ẽ, Guaraní
Mamlakatlar Paragvay, Argentina, Braziliya, Boliviya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 4.800.000 (1995)
Turkumlanishi
Til oilasi Indeys tillari
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 gn
ISO 639-2 grn
ISO 639-3 gug

Guarani tili - Janubiy Amerika indeyslari tili. Tupi-guarani tillari oilasiga mansub. Guarani tili Paragvay va Braziliyaning Matu-Grosu va Parana viloyatlari hududlarida hamda Argentina (Misones, Gran-Chako, Korriyentes, Formosa)da tarqalgan. Guarani tili leksikaning 30 — 40% ini ispan tilidan oʻzlashgan soʻzlar tashkil etadi. Boliviyadagi indeyslarning tili ham Guarani tili nomi bilan ataladi (11 ming kishi soʻzlashadi). Paragvayda garchi ispan tili rasmiy til boʻlsada, aholining 90%i (3 mln. kishi) Guarani tilida soʻzlashadi. Bu tilda gazetalar, kitoblar nashr etiladi, radioeshittirishlar beriladi. Maktab taʼlimida ham qoʻllanadi. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil