Florida - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Florida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Florida
Florida
Shtat
Florida bayrogʻi Florida tamgʻasi
Florida bayrogʻi Florida tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Sunshine State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Tallahassee
Eng yirik shaharlar Jacksonville
Miami
Tampa
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 22-oʻrinda

170,304 km²
17.99 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 4-oʻrinda

17,789,864
114.43 kishi/km²
25
27

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 4-oʻrinda

$599,068 million
$34,458

Ittifoqqa kirish

   • Sana

27-boʻlib

3-mart 1845

Vaqt UTC-5 (EST) / -6 (CST)
Qisqartma FL [12]
Shtat guli Orange blossom

(Citrus sinensis)

Shtat daraxti Cabbage Palmetto

(Sabal palmetto)

Florida — AQShning janubiy qismidagi shtat. Florida yarim orol, materikning unga yondosh qismi va FloridaKis orollarida. Maydoni 152 ming km². Axrlisi 16,7 mln. kishi (2002). Shahar aholisi 85%. Maʼmuriy markazi — Tallaxassi shahri, eng yirik sanoat shahri — Jeksonvill. Relyefi tekislik. Iklimi subtropik, jan.da tropik iklim, yanvar ning oʻrtacha temperaturasi shimolida 12°, janubida 21°, iyulda 26° va 29°. Yillik yogʻin 900 – 1400 mm. Florida hududining katta qismi oʻrmon va botqoqlik. Daryolari qisqa va sersuv. Koʻl koʻp. Qishloq xoʻjaligida subtropik oʻsimliklar yetakchi oʻrinda. Yil boʻyi sabzavot yetishtiriladi. Shim. qismida paxta, yer yongʻoq, tamaki, janubida shakarqamish ekiladi. Shaharlar atrofida sut chorvachiligi va parrandachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. Foydali qazilmalardan fosforit qazib olinadi. Oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, kimyo, radioelektronika, raketasozlik sanoatlari rivojlangan. Kanaveral burnida raketa sinov maydoni va kosmodrom bor. Floridada qishki kurort koʻp. Yirik dengiz portlari: Tampa, Jeksonvill, Mayami.

Florida hududini 1513-yil ispanlar pasxa bayrami kuni (ispancha Pascua Florida) kashf etib, shu kunning nomi bilan atashgan. 1763-yilda Buyuk Britaniya egallagan. Versal shartnomasiga muvofiq, 1783-yilda yana Ispaniyaga qaytarilgan. 1819-yildan AQSH tarkibida. AQSh ittifogiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin - Florida Territory. 2-aprel 1513-yil 'Paskva Florida' paytida uning dengiz sohiliga etib kelgan Juan Pons De Leyon tomonidan Florida deb atalgan.